The Muhammadjon Journal
Postlar

Telegram MCP connector to any AI (mainly Claude)

Model Context Protocol asosida Telegram "Saved Messages"ni Claude AI bilan bog'laydigan ochiq kodli MCP connector.

Sun’iy intellekt vositalarini kundalik ish jarayonlarimiz bilan bog’lash tobora qiziq bo’lib bormoqda.

Yaqinda Anthropic taqdim etgan Model Context Protocol (MCP) standartidan foydalanib, yangi ochiq kodli loyihamni yakunladim — Telegram Account MCP Connector.

💡 Bu nima uchun kerak edi? Biz ko’pincha Telegramdagi “Saved Messages” (Saqlangan xabarlar)da muhim qaydlar, havolalar va fayllarni saqlaymiz. Ushbu MCP konnektor orqali endi Claude Desktop to’g’ridan-to’g’ri ushbu xabarlarni o’qishi, kerakli fayllarni topishi, kanallardagi yangiliklarni saralab berishi va hatto xabarlarga javob qaytarishi mumkin.

telegram-mcp
telegram-mcp

Loyiha to’liq Python (Telethon + FastMCP) texnologiyalarida yozildi: 🔹 Xavfsizlik birinchi o’rinda: Barcha sessiyalar va kalitlar 100% lokal saqlanadi; 🔹 Dual-rejim: Claude Desktop (stdio) va 24/7 bulutli serverlar (Render SSE) uchun moslashtirilgan; 🔹 Telegramdagi barcha chat turlari (kanallar, guruhlar, botlar, fayllar) bilan ishlaydi.

Loyiha to’liq ochiq manbali (MIT License) qilib GitHub’ga joylandi. Dasturchilar va AI ishqibozlari uchun foydali bo’ladi degan umiddaman:

🔗 Repozitoriya: https://github.com/miuceo/telegram-account-mcp

Fikr va mulohazalaringizni kutib qolaman! ⭐️