Neuron UZ nima?
Neuron UZ — sun'iy intellekt sohasidagi eng muhim yangiliklarni o'zbek tilida qisqa va tushunarli qilib yetkazuvchi loyiha. Yangiliklar rasmiy bloglar (OpenAI, Google DeepMind, Microsoft, Hugging Face va boshqalar), yetakchi texnologiya nashrlari va HackerNews'dan avtomatik yig'iladi.
Har bir sahifadagi matn asl maqolaning qisqa mazmuni bo'lib, sun'iy intellekt yordamida tayyorlanadi. Biz boshqa nashrlarning maqolalarini to'liq nusxalamaymiz va to'liq tarjima qilmaymiz: har bir material ostida asl manba nomi va havolasi keltiriladi. Rasmlar ham manba sahifasidan olinadi va muallifga tegishli.
Avtomatik tayyorlangan matnda xatolik bo'lishi mumkin — muhim qarorlar uchun doim asl manbani tekshiring.
Kunlik dayjestlarni Telegram kanalimizda kuzatib boring yoki RSS orqali obuna bo'ling.
