Rasm modeli siz nimani tasavvur qilayotganingizni ko'rmaydi. U faqat so'zlaringizni o'qiydi. Bu qo'llanma sizni fotografga aylantiradi: kadr, yorug'lik, linza va kayfiyatni so'z bilan tasvirlashni o'rgatadi. Natijada rasm "AI chizgan"dek emas, haqiqiy professional fotosuratdek chiqadi.
Qisqa prompt yozsangiz, model qolgan hamma narsani o'zi "o'rtacha" qilib to'ldiradi: o'rtacha yorug'lik, o'rtacha burchak, o'rtacha fon. Natija ham o'rtacha chiqadi. Professional fotograf esa har bir kadrda o'nlab qaror qabul qiladi: qayerdan suratga oladi, yorug'lik qayerdan tushadi, qaysi linza ishlatadi, fon qanchalik xira bo'ladi. Siz shu qarorlarni promptda aytsangiz, model ularni bajaradi.
ultra-realistic close-up portrait of an elderly Uzbek man with a deeply wrinkled face and white beard, wearing a traditional embroidered doppi skullcap, soft window light from the side, piercing kind eyes, every pore and hair visible. Shot on Hasselblad medium format, 80mm, f/2.8, National Geographic portrait style, 4:5
Ikkinchi prompt uzunroq, lekin unda "ortiqcha" so'z yo'q. Har bir bo'lagi rasmdagi bitta aniq qarorni belgilaydi. Bu promptning natijasini 4-bo'limda ko'rasiz.
Oltin qoidaModel taxmin qiladigan har bir narsani o'zingiz ayting. Aytmagan narsangizni model tasodifiy tanlaydi.
2-bo'lim
Formula: realistik promptning 9 qismi
Kuchli promptni 9 ta qismdan yig'ish mumkin. Ular 5 ta rangli guruhga bo'lingan. Bu ranglar qo'llanma davomida takrorlanadi, shunda har bir misolda qaysi so'z qaysi vazifani bajarayotganini ko'rasiz.
Uslub va sifatKim yoki nimaQayerdaYorug'likKamera
Janr va kadr turiBu qanday fotosurat? Portret, mahsulot, ko'cha, dron, makro, hujjatli...
Asosiy obyektKim yoki nima? Yoshi, kiyimi, materiali, rangi, teksturasi bilan.
Harakat va holatNima qilyapti? Qanday his-tuyg'u bor? Harakat to'xtatilganmi?
Joy va muhitQayerda, qachon, qanday ob-havo, fonda nima bor?
Yorug'likYorug'lik manbai, yo'nalishi, yumshoqligi, rangi. Realizmning eng katta siri.
Kamera va linzaFokus masofasi (mm), diafragma (f/), zatvor tezligi, kamera yoki plyonka turi.
Kompozitsiya va rakursQanchalik yaqin, qaysi burchakdan, kadrda qanday joylashgan?
Rang va kayfiyatIliq yoki sovuq, kontrastli yoki yumshoq, kinematografik, nostalgik.
Sifat belgisi va format"National Geographic quality", "commercial advertising" va tomonlar nisbati (16:9, 4:5...).
Hamma 9 qismni har doim yozish shart emas. Lekin realistik rasm uchun yorug'lik va kamera qismlarini hech qachon tashlab ketmang: aynan ular rasmni "fotosurat"ga aylantiradi.
3-bo'lim
Bosqichma-bosqich yozish
Har bir bosqichda: bu qism nima uchun kerak, qanday so'zlar ishlatiladi (inglizcha atama va uning o'zbekcha ma'nosi) va qisqa misol. Promptni istalgan tilda yozishingiz mumkin: 7-bo'limdagi sinov o'zbekcha promptlar ham bir xil sifat berishini ko'rsatdi. Chiplardagi o'zbekcha ma'nolarni to'g'ridan-to'g'ri o'zbekcha promptda ishlatavering.
1
Janr va kadr turini tanlang
Promptni janrdan boshlang. Birinchi so'zlar modelga butun rasmning "qoidalarini" beradi: mahsulot surati toza fon va studiya nurini, hujjatli foto esa tabiiy va "tasodifiy" lahzani anglatadi.
portrait photographportretstreet photographyko'cha fotosidocumentary photographhujjatli fotoproduct photographymahsulot suratifood photographytaom suratiaerial drone photographdron bilan yuqoridanmacro photographjuda yaqin, mayda detallarwildlife photographyyovvoyi tabiatarchitectural photographarxitekturafashion editorialmoda jurnali suratiastrophotographyyulduzli osmoninterior photographinteryer
MaslahatPromptni ultra-realistic yoki photorealistic so'zi bilan boshlash modelga "bu rasm emas, fotosurat bo'lsin" degan signal beradi.
2
Asosiy obyektni aniq tasvirlang
"Ayol", "mashina", "soat" kabi umumiy so'zlar o'rniga ko'z oldingizdagi aniq obyektni yozing. Yoshi, tashqi ko'rinishi, kiyimi, materiali, rangi, teksturasi. Qancha aniq bo'lsa, model shuncha kam taxmin qiladi.
Umumiy
a watch
Aniq
an original brushed-steel mechanical wristwatch with a deep green sunburst dial
Harakatsiz obyekt zerikarli ko'rinadi. Obyekt nima qilyapti, uning his-tuyg'usi qanday? Harakatni "muzlatilgan lahza" sifatida yozsangiz, rasm jonli chiqadi.
looking directly into the lensto'g'ri kameraga qaraydimid-leap / mid-stridesakrash yoki qadam o'rtasidapouring, kneading, hammeringquymoqda, xamir qormoqda, bolg'a urmoqdacandid momentsahnalashtirilmagan lahzalaughing, focused, eyes closedkulayotgan, diqqatli, ko'zi yumuqsparks frozen mid-airhavoda to'xtab qolgan uchqunlarwater droplets explodingsachrayotgan suv tomchilari
4
Joy, vaqt va muhitni belgilang
Qayerda? Kunning qaysi vaqti? Ob-havo qanday? Fonda nima bor? Mahalliy joylarni nomi bilan aytsangiz, rasm o'zimizga yaqin chiqadi: Chorsu bazaar, Registan square in Samarkand, Kyzylkum desert, an old mahalla neighborhood.
at dawn / at sunrisetong / quyosh chiqishiat golden hourquyosh botishidan oldingi oltin nurat blue hourquyosh botgandan keyingi ko'k paytat night, rain-soaked streetkechasi, yomg'irdan ho'l ko'chamorning mist, falling snowtong tumani, yog'ayotgan qorblurred background with ...fonda xira ... bor
5
Yorug'likni rejalashtiring (eng muhim qadam)
Fotografiya so'zma-so'z "yorug'lik bilan chizish" degani. Haqiqiy foto va AI rasmni eng ko'p ajratib turadigan narsa ham yorug'lik. Uch narsani ayting: yorug'lik qayerdan tushadi, qanday (yumshoq yoki qattiq) va qanday rangda.
soft window light from the sideyondan tushgan yumshoq deraza nurigolden hour backlightorqadan oltin nurrim lightobyekt chetini yorituvchi nurchiaroscurokeskin yorug'lik va soyagod rays / shafts of lighttuman orasidan tushgan nur tolalariovercast soft lightbulutli kunning tekis nuristudio softbox lightingstudiya yumshoq chirog'idramatic side lightingdramatik yon nurneon reflectionsneon aks-sadolarilit by the forge / by lantern lighto'choq yoki fonar nuri bilan
MaslahatYorug'lik manbaini sahna ichida ko'rsating: "deraza", "fonar", "tandir olovi", "monitor nuri". Shunda yorug'lik mantiqiy va tabiiy chiqadi.
6
Kamera va linzani ko'rsating
Model millionlab haqiqiy fotosuratlar bilan o'rgangan va ularning ko'pchiligida kamera ma'lumotlari bo'lgan. "85mm, f/1.8" deb yozsangiz, model shu linzaga xos ko'rinishni takrorlaydi: fon xiralashadi, yuz proporsiyasi tabiiy chiqadi.
Yozasiz
Natija
Qachon ishlatiladi
14mm, 24mm
Juda keng ko'rinish, makon hissi
Manzara, arxitektura, yulduzli osmon
35mm
Ko'z ko'rganiga yaqin, hujjatli ruh
Ko'cha, hujjatli foto, sayohat
50mm
Tabiiy, buzilishsiz
Hayotiy lavhalar, lifestyle
85mm, 135mm
Yoqimli yuz proporsiyasi, xira fon
Portret, konsert
100mm macro
Mayda detallar juda aniq
Hasharotlar, zargarlik, tomchilar
400mm, 600mm telephoto
Uzoqdagi obyekt yaqin, fon siqilgan
Yovvoyi hayvonlar, sport
f/1.2 – f/2.8
Fon kuchli xira (bokeh)
Portret, mahsulot, kayfiyat
f/8 – f/11
Old va orqa fon ham aniq
Manzara, arxitektura
1/4000s, frozen motion
Harakat muzlaydi
Sport, sachrash, qush
long exposure
Suv ipakdek, chiroqlar chiziq bo'ladi
Sharshara, tungi shahar
Kamera yoki plyonka nomi ham uslub beradi: shot on Leica 35mm (ko'cha fotosi ruhi), Hasselblad medium format (juda yuqori detal), Kodak Portra film look (iliq, nostalgik ranglar), black-and-white (qora-oq).
7
Kompozitsiya va rakursni aniqlang
Kamera qayerda turibdi? Obyekt kadrning qaysi qismida? Qanchalik yaqin?
extreme close-upjuda yaqin (faqat ko'z, qo'l)close-up portraityuz va yelkawide shotkeng umumiy kadrlow anglepastdan (obyekt ulug'vor ko'rinadi)eye levelko'z balandligidaoverhead / top-downtepadan (taom, flat lay)rule of thirdsuchdan bir qoidasiperfectly symmetricalto'liq simmetrikleading linesko'zni yetaklovchi chiziqlarnegative spacebo'sh joy (matn uchun ham)shallow depth of fieldsayoz fokus, fon xiraa tiny person for scaleo'lcham hissi uchun kichik odam
8
Rang va kayfiyatni bering
Bir xil sahna iliq ranglarda qulay, sovuq ranglarda esa sirli ko'rinadi. Kayfiyatni bir-ikki so'z bilan ayting.
warm tonesiliq ranglarteal and orange color gradekino uslubidagi ko'k-to'q sariqmuted pastel palettexira pastel ranglarhigh contrastyuqori kontrastmoody, cinematickayfiyatli, kinodagidekcalm, serenesokin, osoyishtanostalgic film graineski plyonka donadorligi
9
Sifat belgisi va formatni yakunlang
Oxirida modelga "qaysi darajadagi" natija kerakligini ayting va tomonlar nisbatini belgilang. Nisbat rasm qayerga joylanishiga qarab tanlanadi.
National Geographic qualitytabiat va hujjatliVogue editorial qualitymodacommercial advertising qualityreklamaMichelin-guide photographyrestoran taomiArchitectural Digest qualityinteryer, arxitektura
Nisbat
Qayerda ishlatiladi
16:9
YouTube thumbnail, Telegram post, prezentatsiya, keng manzara
4:5
Instagram lentasi (eng ko'p joy egallaydi)
1:1
Instagram, Telegram, avatar
9:16
Instagram Story, Reels, TikTok
2:3
Pinterest, poster, kitob muqovasi
3:2
Klassik fotosurat (fotoapparat formati)
4-bo'lim
Prompt anatomiyasi: bitta misolni qismlarga ajratamiz
Quyidagi prompt Gemini'da ishlatilgan va natijasi pastda ko'rsatilgan. Har bir rangli bo'lak formuladagi bitta qism.
Uslub va sifatKim yoki nimaQayerdaYorug'likKamera
ultra-realisticclose-up portrait of an elderly Uzbek man with a deeply wrinkled face and white beard, wearing a traditional embroidered doppi skullcap, soft window light from the side, piercing kind eyes, every pore and hair visible. Shot on Hasselblad medium format, 80mm, f/2.8, National Geographic portrait style, 4:5.
Natija (Gemini 3.1 Pro). Teri ajinlari, soqol tolalari, do'ppi kashtasi va yon tomondagi deraza nuri promptdagidek chiqqan. Fon ham mantiqan to'g'ri: suzani, derazali xona.
E'tibor bering: promptda "xona" yoki "suzani" haqida hech narsa yo'q. Model ularni janr va obyektdan o'zi mantiqan qo'shgan. Agar fon muhim bo'lsa, uni 4-qadamdagidek aniq yozing.
5-bo'lim
Haqiqiy misollar: prompt va natija
Bu rasmlarning hammasi aynan shu promptlar bilan Gemini'da yaratilgan. Promptni nusxalab, bitta qismini o'zgartiring va natija qanday o'zgarishini kuzating.
Dron kadri.
photorealistic aerial drone photograph of rusted abandoned fishing ships strandedin the dry desert of the former Aral Sea at sunset, long shadows across cracked sand, dramatic orange sky, documentary photography, 16:9.
Nima ishladi: "long shadows" past quyoshni va kadr chuqurligini beradi. Kemalarning uzun soyasi rasmning asosiy kompozitsion elementiga aylangan.
Ko'cha fotosi.
candid street photographinside Tashkent's Chorsu bazaar, a smiling spice vendor woman in a colorful headscarf weighing saffron and red pepper on an old brass scale, mountains of colorful spices, shafts of light through the dome, shot on Leica 35mm, Kodak Portra film look, 3:2.
Nima ishladi: "candid" va "Leica 35mm" hujjatli ruh beradi, "Kodak Portra" esa ranglarni iliq qiladi. Kamchilik: yorliqlarni model o'zi yozgan va ba'zi so'zlar xato chiqqan. Buni 8-bo'limda ko'ramiz.
Hujjatli foto.
documentary photograph of an Uzbek baker pulling fresh golden patterned non breads out of a clay tandir oven with a long paddle, heat shimmer, flour dust in morning light, other breads stacked on a wooden table, authentic, shot on 35mm, 3:2.
Nima ishladi: "flour dust in morning light" havodagi mayda zarrachalarni ko'rsatadi. Shunday mayda detallar rasmni "jonli" qiladi.
Mahsulot surati.
luxury product photograph of an original brushed-steel mechanical wristwatch with a deep green sunburst dial, placed on dark slate with a single water droplet, dramatic rim lighting, macro detail of the engraved bezel, shot on a 100mm macro lens, commercial advertising quality, no brand logos, 4:5.
Nima ishladi: "single water droplet" kichik bir detal, lekin u rasmni reklama darajasiga olib chiqadi. "no brand logos" esa haqiqiy brend belgisi chiqmasligini ta'minlaydi.
Makro.extreme macro photograph of a human eye, hazel-green iris with intricate fibers and golden flecks, a window reflection in the pupil, individual eyelashes sharp, clinical ring-light catchlight, 1:1Minimalistik manzara.lone fisherman in a small wooden boat on a misty mountain lake at dawn, casting a net, perfectly still water, pine-covered hills fading into fog, soft pastel light, minimalist fine-art landscape, 3:2
Arxitektura.
Registan square in Samarkandat blue hour, the three madrasas illuminated with warm light, deep blue sky, long exposurewith light trails of people walking, perfectly symmetrical composition, architectural travel photography, 16:9.
Nima ishladi: "blue hour" ko'k osmon va iliq chiroqlar o'rtasida kontrast yaratadi. "perfectly symmetrical" esa arxitekturaga xos tartibni beradi.
6-bo'lim
Rasmda matn: posterlar, reklama va thumbnaillar
Hozirgi modellar rasmga matnni ancha yaxshi yozadi, lekin buning o'z qoidalari bor. Posterda yoki thumbnailda matn bo'lsa, quyidagilarga amal qiling.
Matnni qo'shtirnoq ichida yozing. Model qo'shtirnoq ichidagi so'zni aynan shu ko'rinishda chizishga harakat qiladi: headline text: "TOSHKENT JAZZ KECHASI".
Matn qisqa bo'lsin. 2–6 so'zli sarlavha deyarli har doim to'g'ri chiqadi. Uzun jumlalarda xato ko'payadi.
Shrift va joylashuvni ayting.bold condensed sans-serif at the top, elegant serif centered, small text bottom-left.
Ortiqcha yozuvni taqiqlang. Model ko'pincha o'zidan inglizcha yozuv qo'shadi. Oxiriga no other text deb yozing.
O'zbek harflarini tekshiring.o', g' va tutuq belgisi ba'zan boshqacha chiqadi. Chop etishdan oldin har bir harfni o'qib chiqing.
Type collage poster. Uch xil shriftli sarlavha va sana-joy bloki.Tipografik post. Qisqa so'zlar deyarli har doim xatosiz chiqadi.
Instagram post 1:1. Type-driven poster: cream background, giant bold indigo typography stacked: "O'QI." / "O'RGAN." / "O'S." with the last word in coral. A small violet 3D sparkle and the rounded "ilmix" logo at bottom right. Swiss grid, confident, clean editorial design. No other text.
7-bo'lim
O'zbek tilida yozsa bo'ladimi? Sinov natijasi
Buni amalda tekshirdik. Gemini 3.1 Pro'ga 10 ta promptni to'liq o'zbek tilida yubordik. Ulardan beshtasi yuqoridagi inglizcha promptlarning so'zma-so'z o'zbekcha tarjimasi edi, shuning uchun natijani to'g'ridan-to'g'ri solishtirish mumkin.
XulosaO'zbekcha batafsil prompt inglizchasi bilan bir xil sifat beradi. Sifatni til emas, promptdagi tafsilotlar belgilaydi: yorug'lik, linza, kompozitsiya. Rasm ichida o'zbekcha matn kerak bo'lsa, o'zbekcha prompt hatto yaxshiroq ishlaydi.
1-solishtiruv: portret
Inglizcha promptO'zbekcha prompt
Rasm yarat: o'ta realistikyaqin portret. Chuqur ajinli yuzli, oppoq soqolli, kashtali do'ppi kiygan keksa o'zbek otaxon. Yorug'lik yon tomondagi derazadan yumshoq tushmoqda. Ko'zlari mehribon va o'tkir, teridagi har bir g'ovak va soqolning har bir tolasi ko'rinib turibdi. Hasselblad o'rta formatli kamerada, 80 mm obyektiv, f/2.8 diafragma bilan suratga olingan. National Geographic portret uslubi, 4:5 nisbat.
Natija: sifat va realizm bir xil: teri, soqol, do'ppi kashtasi, yondan tushgan nur. Faqat kiyim va xona biroz boshqacha chiqqan, chunki promptda ular aytilmagan.
2-solishtiruv: rasmdagi yozuvlar
Inglizcha prompt. Yorliqlar kirill yozuvida va ba'zilari xato: "КАРА БУРУЧ".O'zbekcha prompt. Yorliqlar lotin yozuvida va to'g'ri: "ZA'FARON", "QALAMPIR", "ZIRA".
Natija: o'zbekcha prompt modelga rasmdagi yozuvlar ham o'zbekcha (lotincha) bo'lishi kerakligini tushuntirdi. Bu sinovdagi eng katta farq bo'ldi.
3-sinov: qisqa va batafsil o'zbekcha prompt
Qisqa prompt:keksa o'zbek cholning portretiBatafsil prompt: yuqoridagi 9 qismli o'zbekcha prompt.
Natija: kuchli modellar qisqa promptdan ham chiroyli rasm chiqaradi, lekin kadrni, yorug'likni va kayfiyatni ular o'zi tanlaydi. Chapdagi rasm "yaxshi", o'ngdagisi esa aynan siz rejalashtirgan rasm. Batafsil prompt sifatni emas, nazoratni beradi.
To'liq o'zbekcha promptlar bilan yaratilgan rasmlar
Poster. Sarlavha va pastki yozuv harfma-harf to'g'ri, ortiqcha matn yo'q.
Rasm yarat: Navro'z bayrami uchun Instagram posteri, 4:5 nisbat. Fonda fotorealistik surat: katta qozonda sumalak qaynatilmoqda, atrofida milliy liboslardagi ayollar kulib turibdi, bahor gullari, iliq kechki nur. Yuqorida katta, oq, qalin harflar bilan aynan shunday yozilsin: "NAVRO'Z MUBORAK!". Pastda kichikroq harflar bilan: "21-mart • Bahor bayrami". Boshqa hech qanday yozuv bo'lmasin.
Taom surati.
Rasm yarat: yuqoridan olingan taom fotosurati. Qora sopol laganda yangi pishgan qovoq va go'shtli tandir somsalar, ustiga kunjut sepilgan, birining ichi ochilib bug' chiqmoqda. Yonida ko'k choynak, piyola, yangi rayhon va qatiq. Eski yog'och stol, chap tomondan tushgan tabiiy kunduzgi yorug'lik, iliq ranglar. Restoran menyusi sifatidagi fotosurat, 4:5 nisbat.
Manzara.
Rasm yarat: fotorealistik manzara surati. Chimyon tog'larida qishki tong, qor bilan qoplangan cho'qqilar quyoshning birinchi pushti nurida yarqiramoqda. Old planda qor bosgan archa daraxtlari va ulardan sochilayotgan qor zarralari, pastda tuman bilan qoplangan vodiy. Havo sovuq va tiniq. Keng burchakli 24 mm obyektiv, f/8 diafragma, oldindan orqagacha hammasi aniq. National Geographic sifati, 16:9 nisbat.
Moda portreti.
Rasm yarat: moda jurnali uchun portret. Marg'ilondagi qadimiy atlas to'quv ustaxonasida, yorqin qizil-ko'k naqshli atlas ko'ylak kiygan yosh o'zbek qizi to'quv dastgohi yonida turibdi. Atrofda rang-barang ipak iplar osilgan. Yuqoridagi deraza orqali tushgan yumshoq tabiiy nur yuzini yoritmoqda, fon biroz xira. 85 mm obyektiv, f/1.8, Vogue jurnali sifati, 2:3 nisbat.
O'zbekcha prompt yozish qoidalari
"Rasm yarat:" bilan boshlang. Aks holda model ba'zan rasm o'rniga matnli javob yozadi.
Qisqa, aniq gaplar yozing. Har bir gapda bitta qism: obyekt, joy, yorug'lik, kamera. Nuqta bilan ajrating.
Raqamli sozlamalarni saqlang.85 mm obyektiv, f/1.8 diafragma, 4:5 nisbat kabi raqamlarni tarjima qilmang, shundayligicha yozing.
Jurnal va kamera nomlari o'zgarmaydi:National Geographic, Vogue, Leica, Kodak Portra.
Rasmdagi matnni "aynan shunday yozilsin" deb qo'shtirnoqda bering va oxirida Boshqa hech qanday yozuv bo'lmasin deb qo'shing.
Mahalliy so'zlardan qo'rqmang: do'ppi, tandir, sumalak, atlas, rayhon, qatiq. Model ularni to'g'ri tushundi.
8-bo'lim
Ko'p uchraydigan xatolar va ularning yechimi
Bu jadvaldagi xatolarning hammasi 160 dan ortiq rasm yaratish jarayonida haqiqatda uchragan.
Muammo
Sababi
Yechim
Rasm "plastik", sun'iy ko'rinadi
Yorug'lik va kamera aytilmagan
5- va 6-qadamni qo'shing; teri, mato teksturasini yozing
Promptdagi texnik so'zlar rasmga yozilib qoladi ("2026 TREND")
Model izohni matn deb tushungan
Rasmda chiqadigan matnni faqat qo'shtirnoqda bering, oxiriga no other text qo'shing
Model o'zi inglizcha yozuv qo'shadi
Matn qanday bo'lishi aniq cheklanmagan
the only text is "...", no other text
Haqiqiy brend logotipi chiqadi
Mashhur mahsulotga o'xshash tavsif
O'zingiz o'ylab topgan nom bering, no brand logos deb yozing
Rasm o'rniga slayd yoki kod qaytaradi
"presentation", "slides" kabi so'zlar
Promptni Generate an image: bilan boshlang
Model sayt manzili, raqam yoki ism o'ylab topadi
Siz bermagan ma'lumotni to'ldiradi
Haqiqiy ma'lumotni o'zingiz yozing yoki no website, no numbers deng
Qo'l, barmoq yoki hasharot anatomiyasi noto'g'ri
Modellarning hali zaif tomoni
Qayta generatsiya qiling yoki kadrni o'zgartiring (qo'llar ko'rinmasin)
Rasm "haddan tashqari" ishlov berilgan (HDR)
"dramatic", "epic" kabi so'zlar ko'p
Bittasini qoldiring, natural, subtle qo'shing
Joy boshqa shaharga o'xshab chiqadi
Model o'sha joyni kam ko'rgan
Joyning aniq belgilarini tasvirlang (marmar ustunlar, qandillar, naqsh turi)
"Limit" xabari chiqadi
Kunlik generatsiya limiti tugagan
Keyinroq qayta urinib ko'ring yoki yengilroq modelga o'ting
9-bo'lim
Natijani yaxshilash: iteratsiya qilish
Birinchi urinishda mukammal rasm chiqishi kamdan-kam bo'ladi. Professional yondashuv shunday:
Natijani tahlil qiling. Nima yoqdi, nima yoqmadi? Aniq ayting: "yorug'lik juda tekis", "fon juda band".
Bir vaqtda faqat bitta narsani o'zgartiring. Yorug'likni o'zgartirsangiz, qolganini tegmang. Shunda qaysi so'z nimaga ta'sir qilganini tushunasiz.
Yaxshi promptlarni saqlab boring. O'zingizning "prompt kutubxonangiz" bo'lsin. Yaxshi ishlagan yorug'lik va kamera bo'laklarini boshqa rasmlarda qayta ishlating.
Tahrirlash (edit) rejimidan foydalaning. Rasm deyarli tayyor bo'lsa, uni qaytadan yaratmang. Rasmni yuklab "fonni tungi osmonga almashtir" kabi aniq buyruq bering.
Personajni saqlash uchun birinchi rasmni asos qilib yuklang va "keep the exact same character, same colors and proportions" deb yozing.
10-bo'lim
Odob va qoidalar
Realistik rasm kuchli vosita, shuning uchun uni mas'uliyat bilan ishlatish kerak.
Haqiqiy va mashhur odamlarning yuzini ular ruxsatisiz yaratmang. Soxta "yangilik" suratlari yoki hujjatlar yasamang.
Boshqa kompaniyalarning logotipi, brendi yoki mashhur multfilm qahramonlarini reklamada ishlatmang. O'zingizning original nomingizni o'ylab toping.
Rasm AI bilan yaratilganini kerak joyda ochiq ayting, ayniqsa u hujjatli fotosuratga o'xshab qolsa.
Rasmdagi raqamlar, narxlar, manzillar va sana haqiqiy ekanini tekshirib chiqing.
11-bo'lim
Prompt konstruktori
Maydonlarni to'ldiring va tayyor promptni nusxalab Gemini'ga yuboring. Namuna sifatida bitta misol to'ldirib qo'yilgan, uni o'zgartiring.
12-bo'lim
Shablon, mashqlar va tekshiruv ro'yxati
O'zbekcha shablon
Rasm yarat: [JANR, masalan: o'ta realistik portret / hujjatli fotosurat]. [ASOSIY OBYEKT: kim yoki nima, yoshi, kiyimi, materiali, rangi]. [HARAKAT va HIS-TUYG'U]. [JOY, VAQT, OB-HAVO, FON]. [YORUG'LIK: qayerdan, qanday, qanday rangda]. [KAMERA: ... mm obyektiv, f/... diafragma]. [KOMPOZITSIYA: yaqin yoki keng, qaysi burchakdan]. [RANG va KAYFIYAT]. [SIFAT BELGISI], [NISBAT] nisbat.
Inglizcha shablon
[JANR] of [ASOSIY OBYEKT: yosh, kiyim, material, rang], [HARAKAT va HIS-TUYG'U], [JOY, VAQT, OB-HAVO, FON], [YORUG'LIK: manba, yo'nalish, yumshoqlik], [KAMERA: linza mm, f/, zatvor], [KOMPOZITSIYA: masofa, burchak], [RANG va KAYFIYAT], [SIFAT BELGISI], [NISBAT].
Mashqlar
Zaifdan kuchliga. "Choyxonada choy ichayotgan odam" promptini 9 qismli formula bo'yicha kengaytiring. Ikkala variantni ham generatsiya qilib, natijalarni solishtiring.
Faqat yorug'lik. Bitta promptni oling va faqat yorug'lik qismini 3 marta o'zgartiring: golden hour, blue hour, chiaroscuro. Qaysi biri qanday kayfiyat berdi?
Linza tajribasi. Bitta portretni 24mm, 50mm va 135mm bilan yarating. Yuz va fon qanday o'zgardi?
Mahalliy mavzu. O'zingizning shahringiz yoki mahallangizdagi bitta joyni tanlang va uni National Geographic sifatidagi hujjatli fotosurat qilib tasvirlang.
Reklama topshirig'i. O'ylab topilgan brend uchun mahsulot surati yarating. Brend nomi, material, fon va yorug'lik aniq bo'lsin. Rasmda boshqa yozuv chiqmasin.
Poster. Maktab yoki kurs tadbiri uchun posterni yarating: 3–5 so'zli o'zbekcha sarlavha, sana va joy. Barcha harflarni xatosiz chiqarishga erishing.